Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

KONSTITUTSIYAMIZDA MULKDORLARGA YERNI, MULKNI YERKIN TASARRUF YETISH HUQUQI BERILGAN.


KONSTITUTSIYAMIZDA MULKDORLARGA YERNI, MULKNI YERKIN TASARRUF YETISH HUQUQI BERILGAN.

Huquq va yerkinliklarimiz o‘z ifodasini topgan Konstitutsiyamizning bir necha moddasida har bir shaxsning mulkdor bo‘lishga haqliligi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida yekani, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha yegalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf yetishi belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyamizda mulkdorlarga yerni, mulkni yerkin tasarruf yetish huquqi berilgani yutuqlarimiz omili bo‘layotir.

Mamlakatimizda fermerlarning huquq va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinayotgani ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari safi kengayishiga xizmat qilmoqda.

– Viloyatda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer yegalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan huquqlar ularning turli tarmoqlarni yo‘lga qo‘yishida muhim ahamiyat kasb yetayotir. Jumladan, fermerlar qishloqda zamonaviy, ixcham korxonalar barpo yetib, go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlamoqda. Aholiga servis va boshqa xizmatlar ko‘rsatmoqda. Intensiv bog‘ yaratib, dasturxonimizni sarxil mevalar bilan ta'minlamoqda. Baliqchilik, parrandachilik, quyonchilik va asalarichilik kabi tarmoqlar ham rivojlanayotir. O‘z hududidagi aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta'minlab, ularning munosib turmush kechirishiga ko‘maklashmoqda. Mahsulotining bir qismini yeksport qilmoqda. Bularning barchasi yer yegalarining huquq va manfaatlari ta'minlanayotgani hamda mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini qishloqda yetakchi kuchga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir.

 

Abdulaziz Kazimbayev

Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti