Янгиликлар
MAKTAB UCHUN OTA-ONALARDAN PUL YIG‘ISH QONUNIYMI?
MAKTAB UCHUN OTA-ONALARDAN PUL YIG‘ISH QONUNIYMI?
Maktab ma'muriyati o‘quvchilar orqali ota-onalardan, asosan, sinfni remont qilish, bayram tadbirlarini o‘tkazish, o‘qituvchilarga sovg‘a sotib olish va maktab faoliyatining boshqa jabhalari uchun pul yig‘ib oladilar.
“Tashabbus”ga ham mazkur amaliyotning qonuniyligini so‘rab ko‘plab savollar tushmoqda. Xo‘sh, maktab ma'muriyati va o‘qitivchilar o‘quvchi ota-onasidan pul yig‘ib olishi qonuniymi?
Umumiy ta'lim olish huquqi
Umimiy ta'lim muassasasi xarajatlarini qoplash uchun ota-onalardan pul yig‘ib olish amaliyotining qonuniyligini muhokama qilishda, yeng avvalo, yurtimizda umumiy ta'lim olish huquqi konstitutsiyaviy huquq darajasiga ko‘tarilganligi va bepul yekanligini alohida ta'kidlab o‘tish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra, har kim bilim olish huquqiga yega bo‘lib, davlat bepul umumiy ta'lim olishni kafolatlaydi. Ta'lim to‘g‘risidagi Qonunning 4-moddasiga binoan, har kim bilim olishda teng huquqlarga yegadir. Umumta'lim maktabi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumta'lim andozalari doirasida bepul umumiy ta'lim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi.
Umumiy ta'lim muassasalarining davlat tomonidan moliyalanishi
Bepul umumiy ta'limni kafolatlash davlatning umumiy ta'lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy sarf-xarajatlarni o‘z zimmasiga olishini anglatadi. Shu sababli, Ta'lim to‘grisidagi Qonunning 31-moddasida davlat ta'lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Umumta'lim maktabi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandida yesa, davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa yehtiyojlarining qondirilishini ta'minlaydi.
Unda, shuningdek, maktabda qo‘shimcha o‘quv predmetlari va rejadan tashqari kurslar joriy qilinganda, tajriba-yeksperiment ishlari olib borilganda, yeksperimental pedagogik maydonchalar tashkil yetilganda, yangi turdagi maktablar ochilganda, shuningdek, boshqa hollarda hokimliklar maktabni zarur moddiy-texnika bilan ta'minlash uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar ajratishlari mumkinligi yozilgan.
Ta'limni rivojlantirishga oid maqsadli yeksperimentlar, istiqbolli pedagogik dasturlarni ilgari surgan yeksperimental va boshqa maktablarning faoliyati Xalq ta'limi vazirligining markazlashgan fondi hisobidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB fondlari va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan moliyaviy ta'minlanishi mumkin.
Abdulaziz Kazimbayev
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti