Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

ADLIYA XABAR QILADI!


ADLIYA XABAR QILADI!

 

BILASIZMI?

 

Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon axborotni tarqatish BHMning 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu harakat maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin yana sodir etilsa,                      2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

Fuqarolarning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilganda, unga nisbatan yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyonning oʻrni huquqbuzar tomonidan qoplanishi lozim.

Oʻzining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan fuqarolar sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli.

Fuqaroning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar OAVda tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim.

 

 

Yangiyo’l shahar yuridik xizmat ko’rsatish bosh yuristkonsuli Muzallamov Muhiddin Odiljon o‘g‘li