Янгиликлар
INSON HUQUQLARINI TAʼMINLASHDA XALQARO AMALIYOT VA MILLIY TAJRIBA
INSON HUQUQLARINI TAʼMINLASHDA XALQARO AMALIYOT VA MILLIY TAJRIBA
Mamlakatimizda nafaqat inson huquqlari, balki barcha sohani rivojlantirishda, aholining turmush farovonligini yana-da oshirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish, tahlil qilish, o‘rganish, xalqaro standartlar va mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tayaniladi.
Aynan inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi xalqaro amaliyotni o‘rganishda, eng avvalo, O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlar va shartnomalar asosida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi eʼtiborga olinadi.
Xususan, 2002 yil 18 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 57/199-rezolyutsiyasi bilan Qiynoqlar hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiyasiga doir Fakultativ protokoli bilan milliy preventiv mexanizm tashkil etilishi nazarda tutilgan. Bu 2019 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha joriy qilingan.
Qolaversa, ombudsmanlar instituti miqyosida aytadigan bo‘lsam, 2020 yilda Global alyans tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati Parij prinsiplariga muvofiqligi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazilgan va unga “V” maqomi berilgan. Hozirga qadar Global alyans xulosalari asosida Ombudsman instituti “A” maqomni olish borasida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab kelinmoqda.
Yangiyo’l shahar yuridik xizmat ko’rsatish bosh yuristkonsuli Muzallamov Muhiddin Odiljon o‘g‘li