Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

ADLIYA XABAR QILADI!


ADLIYA XABAR QILADI!

 

BILASIZMI?

 

Kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar javob beradi

Kafillik shartnoma boʻyicha boshqa shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga olish.

Qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kredit oldida solidar javob beradi.

Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.

 

Yangiyo’l shahar yuridik xizmat ko’rsatish bosh yuristkonsuli Muzallamov Muhiddin Odiljon o‘g‘li