Янгиликлар
BOLALAR HUQUQLARI
BOLALAR HUQUQLARI
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 11-moddasida bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga maʼlum qilishlari, shunday maʼlumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shartligi belgilangan. Bundan anglashimiz mumkinki, bolalarni birinchi navbatda zo‘ravonlikdan himoya qilishimiz, agar buning imkoni bo‘lmasa zo‘dlik bilan vakolatli organlarga murojaat qilishimiz lozim.
Shuni yaxshi bilishimiz kerakki, bolalarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlikka beparvolik yoki hissiy befarqlik kabi boshqa harakatlar ham bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deb hisoblanadi.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik guvohi bo‘lgan barcha bolaning atrofidagilar bolaga qilingan shafqatsizlik uchun javobgardirlar.
YUNISEF maʼlumotlariga ko‘ra:
Dunyoda 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har 10 boladan oltitasi har kuni jismoniy zo‘ravonlikka uchraydi.
Har 5 daqiqada bir bola zo‘ravonlikdan vafot etadi.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik har qanday sharoitda yuz berishi mumkin bo‘lsa-da, shuni bilishimiz kerakki, bola yoki o‘spirinning zo‘ravonlikka uchrashi ehtimolini oshiradigan baʼzi bir xavf omillari mavjud.
Masalan, to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘spirinlar yuqori xavf ostida. Xuddi shu narsa istalmagan, ota-onasining umidlarini qondirmaydigan, jismoniy yoki aqliy nogiron bo‘lgan yoki ko‘p yig‘laydigan bolalar bilan ham sodir bo‘ladi.
Bolalari bilan aloqa o‘rnatishda qiynalgan, bolaligida o‘zlari zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan yoki o‘z farzandlarining rivojlanishidan umidvor bo‘lmagan ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchilar yoki qonuniy vakillarning zo‘ravonlik qilishlari xavfi yuqori.
Bundan tashqari, uydagi moliyaviy qiyinchiliklar va spirtli ichimliklar yoki giyohvandlikka bog‘liqlik xavf omillari zo‘ravonlik sodir etishga sabab bo‘lishi mumkin.
Va nihoyat, oiladagi zo‘ravonlik sharoitida yashaydigan, o‘z jamiyatida izolyatsiyani boshdan kechirayotgan oilalarda ham bolalarga nisbatan zo‘ravonlik xavfi katta.
Shubhasiz, zo‘ravonlik holatlari bolalarda jismoniy, ruhiy, xulq-atvor va ijtimoiy buzilishlarni keltirib chiqaradi.
Umuman olganda, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish hukumatlarning vazifasi bo‘lib, ular oilalarga yordam berish, o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yaratishi kerak.
Yangiyo’l shahar yuridik xizmat ko’rsatish bosh yuristkonsuli Muzallamov Muhiddin Odiljon o‘g‘li