Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

ADLIYA XABAR QILADI!


 

ADLIYA XABAR QILADI!

 

Qonunchilikka koʻra, vodoprovod tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish:

Fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln soʻmdan 4,5 mln soʻmgacha);

mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 25 baravarigacha (4,5 mln soʻmdan 7,5 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shuningdek, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv taʼminoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga ulash:

mansabdor shaxslarga BHMning 70 baravaridan 85 baravarigacha (21 mln soʻmdan 25,5 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

 

 

 

Yangiyo’l shahar yuridik xizmat ko’rsatish bosh yuristkonsuli Muzallamov Muhiddin Odiljon o‘g‘li