Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ayrim yer uchastkalarini ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazish shart emas


Ayrim yer uchastkalarini ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazish shart emas

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkasini ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi.

Agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini oʻzgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud boʻlmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kamoliddin Dastamov,

Toshkent viloyati adliyaya boshqarmasi

 bosh maslahatchisi