Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi


Pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kun “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori   qabul qilindi

2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvargacha pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urugʻi uchun 120 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.

2023-yil 1-apreldan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.

Shuningdek,2023-yil 1-martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirilgan.

 

Alisher Turgʻunov,

bosh maslahatchi