Янгиликлар
Koʻchada sigaret chekish taqiqlanadimi?
Koʻchada sigaret chekish taqiqlanadimi?
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, birinchi boʻlim umumiy qoidalariga koʻra, ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida taʼmaki mahsulotlarini chekish taqiqlanadi.
Agarda yuqoridagi joylarda tamaki mahsuloti isteʼmol qilinsa BHM ning uchdan bir qismi (100 ming soʻm) miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.
Tamaki mahsulotini maxsus ajratilgan joylar va yoki xonalarda isteʼmol qilish lozim.
Yunus Xodjiyev,
boʻlim boshigʻi