Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Kichik tadbirkorlarga 50 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi


Kichik tadbirkorlarga 50 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvar kuni “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishni davom ettirish maqsadida 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga garovsiz kreditlar ajratiladigan boʻldi.

Dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlikga 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.

Hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 mln. soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 mln. soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi.

Dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi.

Baxovuddin Salayev,

bosh maslahatchi