Янгиликлар
Magistraturaga qishki qabulda oʻqishga kirgan xotin-qizlarning ham kontrakt pullari toʻlab beriladi
Magistraturaga qishki qabulda oʻqishga kirgan xotin-qizlarning ham kontrakt pullari toʻlab beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga muvofiq davlat OTM magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.
Mazkur tartib magistratura qishki qabulida toʻlov shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga koʻra, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Abbosjon Mahamadjonov,
boʻlim boshligʻi