Янгиликлар
Enagalik oʻzini oʻzi band qilish hisoblanadi.
Enagalik oʻzini oʻzi band qilish hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar shugʻullandigan faoliyat turi hisoblanadi. Mazkur shaxslar soliq organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishlari lozim. Roʻyxatdan oʻtish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtgan shaxsga QR-kodli maʼlumotnoma beriladi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromad soligʻi toʻlamaydi. Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming soʻm) ijtimoiy soliq toʻlaydi. Shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga koʻra enaga sifatida 16 yoshdan shugʻullanish mumkinligi belgilangan.
Akmal Raxmatullayev
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi boʻlim boshligʻi