Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Har yili 500 nafargacha nogironligi boʻlgan yoshlarga subsidiya ajratiladi.


Har yili 500 nafargacha nogironligi boʻlgan yoshlarga subsidiya ajratiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida (450 ming soʻm) subsidiya beriladi. Shuningdek, har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

         nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻrgatish, ularda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish;

tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

Subsidiyalar mazkur yoʻnalishlardan bittasi uchun har bir nogironligi boʻlgan yoshning talabiga muvofiq, BHMning 50 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

        

                                                                                Yuldoshev Furqat

      Toshkent viloyati adliya

    boshqarmasi bosh maslahatchisi