Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

FHDYO organlari faoliyati


FHDYO organlari faoliyati

Shaxs hayotidagi tugʻilish, oʻlim, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralishga oid fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish FHDYO organlari tomonidan amalga oshiriladi. Hozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar barobarida FHDYO organlari faoliyatiga oid ayrim jihatlarga eʻtibor qaratish maqsadga muvofiq. Taʻkidlash lozimki, FHDYO organining huquq subʻyekti sifatidagi maqomini belgilovchi alohida qonun hujjati mavjud emas. Ushbu maqolada FHDYO organlarining huquq subʻekti sifatidagi maqomi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinadi hamda uni takomillashtirish istiqbollari yuzasidan tegishli takliflar ilgari suriladi.

Fuqarolik holati hujjatlari — qonunda belgilangan davlat organlarida qayd etilishi zarur boʻlgan huquqiy dalolatnomalar; ular inson hayotidagi asosiy voqealar bilan bogʻliq boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 38moddasiga koʻra, quyidagi Fuqarolik holati hujjatlarih. davlat tomonidan qayd etilishi kerak: tugʻilish; oʻlim; nikoh tuzilganligi; nikoxdan ajralish. Shuningdek, farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsning oʻzgartirilishi kabi fukarolik holatlari yuqoridagi holatlarni belgilovchi hujjatlarga tegishli yozuvlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik holati hujjatlarih.ni shahar va tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) boʻlimi yoki mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari roʻyxatga olib boradi. Fuqarolik holatlarini qayd etish yozuvlarini bekor qilish va qayta tiklash FHDYO idoralari tomonidan sud qarorlariga asosan amalga oshiriladi (yana qarang Tugʻilganlik haqida guvohnoma, Nikoh, Nikohni bekor qilish).

Satvaldiyeva Gulnoza Chinoz tumani

FHDYO bolimi mudirasi