Янгиликлар
Qanday turdagi yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat roʻyxatidan o‘tkazilmasligi to`g`risida
Qanday turdagi yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat roʻyxatidan o‘tkazilmasligi to`g`risida
Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizimi o‘rnatilib, idoralararo axborot almashinuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-bobi 1-bandi 1-xatboshisiga koʻra, ushbu Nizom talablari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallari (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 30-iyundagi 3252-son qarori asosida), shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom asosida) tatbiq etilmaydi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova