Янгиликлар
Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun davlat xizmatidan foydalanishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratilganligi to`g`risida
Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun davlat xizmatidan foydalanishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratilganligi to`g`risida
Qonunchilikka ko‘ra (https://lex.uz/docs/-4774086), ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, quyidagi qulayliklar mavjud. Ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobardan 2,7 barobarga kamaytirilgan. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli.
Ariza beruvchi ariza rasmiylashtirish jarayonida belgilangan ma’lumotnomalar va hujjatlar nusxalarini taqdim etmaydi, faqatgina so‘rovnomani to‘ldirishi kifoya.
Mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqlini o‘rganib chiqish muddati 14 ish kunidan 7 ish kunga kamaytirilgan.
Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi direktori v.v.b S.Ismoilov