Янгиликлар
Fuqarolik va migrasiya sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish soddalashtirilishi to`g`risida
Fuqarolik va migrasiya sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish soddalashtirilishi to`g`risida
Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizimi o‘rnatilib, idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi.
Fuqarolik va migrasiya sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish jarayonida fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish amaliyotini bartaraf etish maqsadida, fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug'ilgan sanasi o'zgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar aniqlanganligi munosabati bilan yangi identifikasiyalovchi ID-kartani rasmiylashtirishda ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilingan holda mazkur holatlarni elektron tizim orqali tekshirish, jinoiy jazoni o'tab chiqqan fuqarolarga yangi identifikasiyalovchi ID-kartani rasmiylashtirishda ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni elektron tizim orqali olish tartibi joriy etiladi.
Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova