Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ayrim fermer xoʻjaliklari ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari qaytarib beriladi


Ayrim fermer xoʻjaliklari ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari qaytarib beriladi

"Qishloq xoʻjaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ–69-son, 23.02.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-maygacha eksperiment tariqasida respublika byudjetidan paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi taʼminlanganda;

har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;

paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksi talablariga javob berganda.

2023-yil 1-apreldan tadbirkorlar yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan ularning mol-mulkiga hisoblangan summani quyidagi pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi:

▫️3 qavatli binoga – 0,9;

▫️4 qavatli binoga – 0,8,;

▫️5 qavatli binoga – 0,7;

▫️6 qavatli binoga – 0,6;

▫️7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5.

 

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

markazi boshligʻi

R.Galiyev