Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Hukumat qarori (73-son 21.02.2023-y.) bilan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi


Hukumat qarori (73-son 21.02.2023-y.) bilan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi

 

Mazkur nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot)lar tomonidan sud ekspertizasi tadqiqotlari oʻtkazilishi tartibi va shartlarini belgilaydi.

Nizomga koʻra, quyidagi holatlarda sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazish taqiqlanadi:

▫️ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh boʻlganda;

▫️ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlar bilan davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rahbarlari, tarkibiy boʻlinma boshliqlari va ularning yaqin qarindoshlari boʻlganda, bundan tadqiqotlar oʻtkazuvchi yagona tashkilot boʻlgan holatlar mustasno;

▫️ish materiallari boʻyicha manfaatdor tomonlardan biri nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining mulkdori, muassisi, kuzatuv kengashi, ijro organi aʼzosi, kreditori, sugʻurtalovchisi hamda ularning yaqin qarindoshlari boʻlganda;

▫️ustav fondi (ustav kapitali) da nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining yoki sud ekspertining ulushi boʻlgan yuridik shaxsning xulosadan manfaatdorligi boʻlganda;

▫️tirik shaxsga nisbatan sud ekspertizasini oʻtkazishda mazkur shaxsga uning tayinlanishidan oldin tibbiy yordam koʻrsatilganda. Mazkur cheklov sud-tibbiy yoki sud psixiatrik ekspertizalar shaxsni bevosita koʻrikdan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan hollarda ham amal qiladi;

▫️sud ekspertining xolisligiga va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlganda.

Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) asosida tadqiqotlarni oʻtkazish muddatlari sud ekspertizalarining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga koʻra 30 kun doirasida belgilanadi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti

D.Nurullayev