Янгиликлар
15
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 13-aprel kuni navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tib, unda quyidagi qarorlar qabul qilindi:
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 13-aprel kuni navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tib, unda quyidagi qarorlar qabul qilindi:
1) 13/2023-son yig‘ilish bayoni bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 22.04.2020-yilda Olmaliq shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Manapov Abduvaxob Yuldashevichga berilgan TS 0048-raqamli litsenziyaning amal qilishini 2023-yil 17-aprel kunidan 3 (uch) oy muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida;
2) 14/2023-son yig‘ilish bayoni bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 20.04.2020-yilda Bo’ka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Yoqubova Shaxnoza Xakimovnaga berilgan TS 0012-raqamli litsenziyaning amal qilishini 2023-yil 17-mart kunidan 1 (bir) oy muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida.