Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishning qachon rad etilishini bilasizmi?


Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishning qachon rad etilishini bilasizmi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20-aprel 2022-yildagi 200- son qaroriga asosan Quyidagilar bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:

soʻrovnomada notoʻgʻri maʻlumotlar koʻrsatilishi;

davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;

loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni oʻzgarganligi;

bino va inshootning avariya holatida ekanligi;

bino va inshootga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;

loyiha tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;

binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʻsir qiluvchi yuk koʻtaruvchi qismlarining oʻzgarishi nazarda tutilganligi;

bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;

vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;

taqiqda turgan obyektlar;

bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi boʻlmasa;

davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilganligi haqidagi maʻlumotlarning mavjudligi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.


Toshkent viloyati angren shahar Adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxasisi,
III-darajali yurist Nazarova Nargiza Kadambayevna