Янгиликлар
Nostrifikasiya qanday hollarda toʻgʻridan toʻgʻri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi?
Nostrifikasiya qanday hollarda toʻgʻridan toʻgʻri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi?
Xorijiy davlatlarda taʻlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda toʻgʻridan toʻgʻri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi:
Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta, oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish taʻlimi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda taʻlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʻlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʻlim muassasalarida taʻlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan roʻyxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro eʻtirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy taʻlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʻlim muassasalarida taʻlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
Tizimida oliy taʻlim muassasalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʻlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʻlim muassasalariga oʻqishga kirgan talabgorlarning hujjatlari;
Oliy taʻlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining toʻlaqonli aʻzolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʻlim muassasalarida taʻlim olgan talabgorlarning hujjatlari, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;
Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʻlim muassasalarida taʻlim olgan talabgorlarning hujjatlari, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;
xorijiy oliy taʻlim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga taʻlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda taʻlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar.
Toshkent viloyati angren shahar Adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxasisi, Z.Erkaboyev