Янгиликлар
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi haqida nimalarni bilamiz.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasi haqida nimalarni bilamiz.
· Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatilgan.
· Oʻzbekiston Konstitutsiyasi yaratilish jarayonida qaysidir davlatdan koʻr-koʻrona koʻchirib olinmaganligini ham inobatga olish kerak. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.
· Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan boʻlib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan.
· Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul qiladi.
· Konstitutsiyada Oʻzbekiston prezidenti, fuqarolar tomonidan umumiy, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanishi belgilangan.
· Konstitutsiyada Oʻzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi koʻzda tutilgan boʻlib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga boʻlinadi.
· Oʻzbekiston Konstitutsiyasida, davlat, oʻz faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolatga qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
· Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Biroq, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat hamda elatlarning tillari, urf-odatlari ularning anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlanishi, rivojlanishlari uchun shart-sharoit yaratilishi ham nazarda tutilgan.
· Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlibgina qolmay, oʻz hududida va uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini huquqiy himoyasini taʼminlaydi.
· Konstitutsiya, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining oʻz vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga koʻchib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.
· Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi koʻrstilgan. Unga koʻra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
· Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda koʻrib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zoʻravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi toʻgʻrisida koʻrsatilgan.
Angren shaxar Adliya bulimi
Davlat xizmatlari markazi xodimi F.A.Xodjamberdiyeva