Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Kimlar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin?


Kimlar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin?

 

Oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin.

 

Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek, qonunchilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin emas.

 

Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning oʻzida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi boʻlishi mumkin emas.

 

Angren shahar Adliya boʻlimi
Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi

M.Abdraimov