Янгиликлар
Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqlari oʻzgarmoqda.
Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqlari oʻzgarmoqda.
Bugungi kunda asosiy dolzarb masala, Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida kechayotgan tub oʻzgarishlarning uzviy qismi boʻlib, ularning mustahkam huquqiy asosini yaratib, asosiy qonunimizni jamiyatdagi real voqealikka va shiddatli islohatlarimiz mantigʻiga moslashtiriladi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining huquqlariga oid eng muhim huquqlar kiritilgan.
Birinchidan -har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Ikinchidan-gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari toʻgʻrisida xabardor qilinishi huquqiga ega.
Uchinchidan-gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning soʻroq qilinishini talab etish huquqiga ega.
Toʻrtinchidan-gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Beshinchidan- qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oltinchidan-jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta koʻrib chiqilishi huquqiga ega.
Yettinchidan-jinoyat uchun hukm qilingan har kim afv etish yoki jazoni yengillashtirish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega.
Sakkizinchidan-huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Toʻqqizinchidan-hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas.
Yangi qabul qilinayotgan Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalq boʻlib, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash-davlatning oliy majburiyatidir
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat markazi
bosh yuriskonsulti N. Anarqulova