Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Inson qadri ulugʻlangan yurt.


Inson qadri ulugʻlangan yurt.

 

Mamlakatimizda kechayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar davrida loyihada inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash-davlatning oliy majburiyati sifatida muhrlanmoqda. Ushbu norma bilan inson huquq va erkinliklari qonunlar, davlat organlari va ular mansabdor shaxslari faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilaydi.

         Yangilanayotgan Konstitutsiyada “inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida inson huquqlari borasidagi normalar qariyib 3,5 baravarga koʻpaymoqda.

         Xususan, yangilanayotgan konstitutsiyada inson huquqlariga oid 10 ta eng muhim yangiliklar kiritilmoqda.

         Bular: 1.Insonning huquq va erkinliklari har kimga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi.

         2.Insonning shaʼni va qadr-qimmati dahlsizdir.

         3.Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

         4.Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

         5.Insonga nisbatan qoʻddaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.

         6.Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega.

         7.Har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega.

         8Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

         9Har kim oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

         10.Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.

Shuningdek, inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qatʼi nazar, ajralmas huquqlaridir. Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. Ushbu huquqlar oʻzaro bogʻliq va ajralmasdir.

Inson huquqlarini amalga oshirilishi davlatga insonning asosiy huquqlarini toʻsqinliksiz amalga oshirilishini kafolatlash majburiyatini yuklaydi. Individual darajada har bir inson boshqalarning huquqlarini hurmat qilishi kerak.

Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekistonning demokratik oʻzgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan oʻzgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi.