Янгиликлар
Oq xalatli –sharafli insonlar.
Oq xalatli –sharafli insonlar.
Oq xalat kiygan odamni koʻrganimizda, biz darhol tibbiyot muassasasi xodimi bilan muomala qilayotganimizni anglaymiz. oq xalatlilar, ongli ravishda, bizda ishonch tugʻdiradi - bu shifokor - u yordam beradi. “Xalat” soʻzi arab tilidagi “hil at” soʻzlar birikmasidan olingan boʻlib, “Sharafli libos” degan maʼnoni anglatishini bilamiz.
Shifokor-tibbiy xodim, kasallikka chalingan yoki jarohatlangan odam sogʻligʻini tiklash bilan shugʻullanuvchi shaxsdir. Shifokorning boshqa nomlari – “doktor”, “vrach”.
Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan tartibli foydalanish maqsadida joriy yilning 16-yanvarida “Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida” gi Nizom Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi.
Mazkur nizomga asosan, Jamgʻarma mablagʻlarining 75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va 25 foizi esa, tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda taʼmirlashga sarflanishi belgilab beriladi.
Nizom talablari asosida, tibbiyot muassasasi xodimlariga tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar, yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million soʻmgacha maxsus oylik ustamalar va oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qoʻshimcha ustamalar hamda tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Xulosa shuki, bugungi kun shifokorlarini kiyimi orqali emas, balki inson sogʻligʻini tiklash borasida olib borgan ishlari orqali ardoqlashadi.
Hozirga qadar shifokorlarni kiyimi orqali emas, balki qilgan ishlari orqali tanishadi. Shifokorlar bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki shirin soʻzlari, qaynoq mehri bilan darddan forigʻ etadi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova