Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Qonunga asosan vorislarning ustunligini bilasizmi?


Qonunga asosan vorislarning ustunligini bilasizmi?

 

Voris deganda, qonunda belgilab qoʻyilgan meros qoldiruvchining qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan avlod va ajdodlari, uning qaromogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, shuningdek, qonunda belgilangan tartibda va shartlarga rioya qilib, meros qoldiruvchi tomonidan tayinlangan, uning huquq va majburiyatlari olingach, merosning oʻtishi lozim boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan shaxslar vasiyat boʻyicha vorislar tushuniladi.

Vorislik huquqi, qonunda belgilangan yoki meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomada koʻrsatilgan tartibda va shartlarga asosan unga tegishli boʻlgan mulk va mulkiy huquq hamda majburiyatlar merosxoʻrlarga oʻtish tartibini belgilaydi.

Fuqarolik qonunida vorislik deb, marhum fuqaro mulkining qonunlarda belgilangan bir yoki bir nechta shaxslarga yaʼni vorislarga oʻtishiga aytiladi.

Qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislar, meros qoldiruvchining bolalari shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari, eri (xotini) va ota-onasi yoki farzandlikka oluvchilar teng ulushlarda qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.

Bundan tashqari, myeros qoldiruvchining vafotidan keyin tugʻilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.

Shunga koʻra, qonun boʻyicha ikkinchi navbatdagi vorislar, meros qoldiruvchining tugʻishgan hamda ota-ona, bir ota-ona boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek, uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun boʻyicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.

Qonun boʻyicha uchinchi navbatdagi vorislar Fuqarolik kodeksining 1137-moddasida belgilangan boʻlib, meros qoldiruvchining tugʻishgan amakisi, togʻasi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun boʻyicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.

Qonunga koʻra, toʻrtinchi navbatdagi vorislar, meros qoldiruvchining oltinchi darajagacha (oltinchi daraja ham shunga kiradi) boʻlgan boshqa qarindoshlari qonun boʻyicha toʻrtinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar, bunda yaqinroq qarindoshlar uzoqroq qarindoshlarga nisbatan meros olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.

Qonunchilikda belgilanishicha, beshinchi navbatdagi vorislar meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, agar ular myeros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramogʻida boʻlgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasiga kiradi.

Bundan tashqari, boshqa merosxoʻrlar boʻlgan taqdirda, mehnatga qobiliyatsiz boqimlar vorislikka chaqirilayotgan navbatning merosxoʻrlari bilan birgalikda meros oladilar.

Shuningdek, myeros ochilgungacha 3 yil meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxoʻrlar meros taqsimlanishida uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, uy-joy ashyolari va roʻzgʻor buyumlarini olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.

Meros qoldiruvchi bilan mol-mulkka nisbatan umumiy mulk huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar meros taqsimlanishida meros tarkibidan umumiy mulk boʻlgan mol-mulkni asl holida olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.

Mazkur imtiyozli huquqlar amalga oshirilganda meros taqsimotida qatnashayotgan boshqa merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlariga rioya etilishi lozim.

 

 

Quyi Chichrchiq tumani

adliya boʻlimi boshligʻi                                                       D.U.Gamletov