Янгиликлар
Aholiga maʼmuriy jarimalarni toʻlashda qoʻshimcha qulayliklar yaratildi.
Aholiga maʼmuriy jarimalarni toʻlashda qoʻshimcha qulayliklar yaratildi.
Aholiga maʼmuriy jarimalarni toʻlashda qoʻshimcha qulayliklar yaratish va jarima yukini kamaytirish, qoʻllanilgan jarimalarni ijro etish tizimini yanada soddalashtirish, shuningdek, davlat organlarining aholi bilan munosabatlarida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni va korrupsion omillarni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 23-mart kunida Prezident qarori imzolandi.
Mazkur qarorga asosan, 2023-yil 1-maydan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtirilib, huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, oʻttiz kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, Sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida suisteʼmolchiliklarning oldini olish hamda fuqaro va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida yuqoridagi tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etilib, Majburiy ijro byurosi tomonidan qoʻllaniladigan maʼmuriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori boʻlishi mumkin emasligi hamda Majburiy ijro byurosi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda maʼmuriy jazo qoʻllashga faqat Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari haqlidir.
Bundan tashqari, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining sudlanganlik muddatining tugallanishi va uni olib tashlash yoʻnalishida byurokratiya va sansalorlik holatlariga chek qoʻyish, shuningdek, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish maqsadida 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab, sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantirilib, maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning YAIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.