Янгиликлар
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi
Bitiruvchii —taʼlim tashkilotining 9 yoki 11-sinfini tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilardir.
Shahodatnoma - umumiy hamda tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatidir.
Buyurtma - taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim tashkiloti bitiruvchilariga beriladigan shaxodatnomalarga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga “Elektron shaxodatnoma” axborot tizimi orqali yuboriladigan talabnomadir.
“Elektron shaxodatnoma” axborot tizimi- vazirlikning taʼlim tashkiloti bitiruvchilari haqidagi maʼlumotlarni kiritish va ularga beriladigan shaxodatnomaga buyurtma berish, uni shakllantirish, puxta ishlab chiqish, saqlash va bitiruvchilar tomonidan yuklab olish hamda hisobotlarni yuritish jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini beradigan elektron platformasi hisoblanadi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shaxodatnomaga buyurtma berish, uni shakllantirish, saqlash va bitiruvchilarga berish tartibini belgilash maqsadida joriy yilning 31-yanvarida “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shaxodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida” gi Hukumat qarori hamda ushbu qaror bilan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shaxodatnomalarni berish tartibi haqida” gi Nizom tasdiqlanib, ijroga qaratilgan.
Nizomga koʻra, 9-sinfni bitiruvchilarga tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma, tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomalar, 11-sinf bitiruvchilariga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida (kumush medal bilan) shahodatnoma hamda umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnomalar beriladi.
Shuningdek, psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat beriladi.
Mazkur shahodatnoma oʻzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
Ushbu nizomga asosan shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.
Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.
Mazkur qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova