Янгиликлар
Nodavlat taʼlim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga taʼlim kreditlari ajratiladi
Nodavlat taʼlim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga taʼlim kreditlari ajratiladi
Hukumat qarori (79-son 27.02.2023 y.) bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan nodavlat taʼlim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga ko‘ra, taʼlim kreditlari BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.
Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
kredit oluvchi va IT-park rezidenti bo‘lgan nodavlat taʼlim tashkilotlari o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt, ommaviy oferta);
taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona ryestri”ga kirgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
“Ijtimoiy himoya yagona ryestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona ryestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlar uchun);
bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot
va hujjatlar.
Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi SH.Malikov