Янгиликлар
Ishsiz deb e’tirof etish
Ishsiz deb e’tirof etish
Mehnat kodeksining 60-moddasiga ko’ra (Ishsiz deb e’tirof etish) ishsizlar —16 yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasiga (Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar) ko’ra, ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaxslar ishsiz deb e’tirof etilmaydi, bundan ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno.
E’tibor bering, ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno deyilmoqda. Ya’ni bundan xulosa qilib aytish mumkinki, ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar ishsiz deb e’tirof etiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo’ladi.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov