Янгиликлар
Yangi Mehnat kodeksining 102-moddasi 7-qismiga ko’ra, ish beruvchi ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga ko‘ra ilgari o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni, basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan
Yangi Mehnat kodeksining 102-moddasi 7-qismiga ko’ra, ish beruvchi ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga ko‘ra ilgari o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni, basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran 6️ oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan o‘sha mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, ishga qabul qilishi shart.
Texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot (uning alohida bo‘linmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining o‘zgarganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilingan hollarda ya’ni sodda qilib aytganda qisqarishga tushib ishdan bo’shagan xodimni u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran 6 oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan o‘sha mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.
30-aprelga qadar qisqarishga tushgan xodimga Yangi MK 102-moddasini qo’llasa bo’ladimi?
“Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunning 41-moddasiga ko'ra, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Demak, 30-aprelga qadar qisqarishga tushgan xodimga 102-moddani qo'llay olmaymiz, bu modda talablarini 30-apreldan boshlab qo'llay olamiz.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov