Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 107-moddasiga ko’ra, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan chet ellik fuqaro ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida meh
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 107-moddasiga ko’ra, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan chet ellik fuqaro ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi hududida yollanib ishlashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan beriladi.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilova “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlari” 118-pozitsiyasida ham O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan taqdim qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma olish belgilangan.
Diqqat! E’tibor bering! Gap bu yerda mehnat munosabatlari ya’ni xodim va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlar haqida ketmoqda. Fuqarolik-huquqiy shartnoma - buyurtmachi tomonidan koʼrsatilgan muayyan ishni (xizmatni) bajarish maqsadida tuziladi. Bunday munosabatlar Mehnat kodeksi bilan emas, balki Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Ya’ni bu yerda mehnat munosabatlari mavjud emas. FHSH buyurtmachi va ijrochi o’rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Ya’ni mehnat munosabatlari mavjud emas.
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 20-ilova “O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma” pasportida ham mehnat munosabatlari haq gap ketmoqda. Masalan, ushbu ilovada ish beruvchiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talab va shartlardan biri sifatida: O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma muddati tugashidan keyin chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan.
Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʼzbekiston Respublikasiga kelgan chet fuqarosi tasdiqnoma olishi belgilangan. fuqarolik-huquqiy shartnomada esa tasdiqnoma olinmaydi.
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov