Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo’llanmalar olish xizmatidan foydalanish tartibi qanday bilasizmi?


Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo’llanmalar olish xizmatidan foydalanish tartibi qanday bilasizmi?

 

             Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXPda ro’yxatdan o’tgan holda onlayn murojat qilinadi.

Imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat;

Pensiya guvohnomasi,

tibbiy ma’lumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sog’lomlashtirish tavsiya etiladigan ma’lumotnoma).

Yo’llanmalar urush nogironlariga vaqatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga birinchi navbatda beriladi.

Yo’llanmalar keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga 12 kunga, yo’llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko’ra qaytarilgan yo’llanmalar bundan mustasno) beriladi.

Yo’llanmalarning 12 kunlik amal qilish muddati o’tgandan so’ng 5 kun ichida yo’llanmalardan foydalanuvchi keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar tomonidan yo’llanma bo’yicha sanatoriylarga murojat qilinmaganda, berilgan yo’llanmalar bekor qilinadi.

 

Quyi chirchiq tumani DXM hodimi M.Abduraxmonova