Янгиликлар
Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?
Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
-Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
-Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
-Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
-Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.
Quyichirchiq tumani adliya bo`limi DXM bo`lim boshlig`i
II darajali yurist X.Bakirova