Янгиликлар
Endilikda qishloq xoʻjaligi texnikalari bojxona toʻlovlari va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi
Endilikda qishloq xoʻjaligi texnikalari bojxona toʻlovlari va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda zarur agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, agrar sektorda qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan talabni qondirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarini maʼnan va jismonan eskirgan texnikalar oʻrniga zamonaviy va resurs tejamkor texnikalar bilan taʼminlashni ragʻbatlantirish maqsadida joriy yilning 29-mart kunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Mazkur qarorga koʻra, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 1-apreldan yagona tartibi joriy qilinadi.
Prezident qaroriga asosan barcha mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarga subsidiyalar ajratish tatbiq etiladi.
Yaʼni tegishli roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari hamda ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari 2025-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi hamda tadbirkorlarga erkin muomalaga chiqarish, import bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni 270 kungacha kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi.
Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va YATTlarga qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlarini lizingga berishga ruxsat etilib, 2023–2024-yillarda qishloq xoʻjaligi texnikasi xaridini moliyalashtirish uchun jami 2,6 trln soʻm yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, bunda banklar tomonidan lizing tashkilotlariga kredit ajratilishida garov taʼminoti sifatida lizingga beriladigan texnikalar va sugʻurta polisi qabul qilinib, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan xaridorlarga qishloq xoʻjaligi texnikalari lizing marjasi yillik 3 foizdan oshmagan stavkada 10 yilgacha boʻlgan muddatga Qishloq xoʻjaligi vazirligi buyurtmasi asosida lizingga beriladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova