Янгиликлар
Yangilanayotgan Konstitutsiyada fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy huquqlariga alohida eʼtibor.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy huquqlariga alohida eʼtibor.
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda. Buni 1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ga birinchilardan aʼzo boʻlgan mamlakat sifatida Oʻzbekiston shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga, yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga xarakat qilib kelmoqda.
Shu tufayli, Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda milliy davlatchiligimizning mustahkam poydevori barpo etildi, qonun ustuvorligi va inson huquqlari, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati taʼminlandi.
Bugungi kunda esa, fuqarolarning Siyosiy-ijtimoiy huquq va erkinliklari mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida qatnashish yaʼni jamiyat va davlat boshqaruvida qatnashish huquqi, saylov va referendumlarda qatnashish huquqini beradi.
Insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini eʼtiborga olib, yangilanayotgan Konstitutsiyada ijtimoiy va siyosiy huquqlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bular:
-Fuqarolar davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.
-Har kim agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.
-Saylov huquqiga ega boʻlgan yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolar qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida kiritishga haqli.
-Fuqarolar Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
-Davlat Internet tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratidi.
-Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari qonun ustuvorligi va demokratiya amalda boʻlgan barcha jamiyatlar qoʻllab-quvvatlaydigan asosiy tamoyildir.
Inson huquqlarini hurmat qilish – biz barpo etayotgan adolatli jamiyatning uzviy xususiyati, milliy va umuminsoniy mezoni hisoblanadi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova