Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Yangilanayotgan konstitutsiyada taʼlim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda.


Yangilanayotgan konstitutsiyada taʼlim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda.

 

Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevning 20-dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida taʼlimga etibor qaratib, Prezidentning 2023-yilga moʻljallangan Murojaatnomasining muhim yoʻnalishlaridan biri taʼlim siyosati boʻlib, maktabgacha taʼlim masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maqsadda “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishga undadi.

Shu tufayli yangilanayotgan konstitutsiyada yoshlarning taʼlim olish sifatini oshirishga oid quyidagi eng muhim huquqlari belgilab berilmoqda. Bular:

-Har kim taʼlim olish huquqiga ega.

-Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi.

-Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

-Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.

-Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir.

-Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

-Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.

-Oliy taʼlim tashkilotlari akademik erkinlik, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega.

-Davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamhoʻrlik qiladi.

Bir soʻz bilan aytganda, bola tugʻilganidan boshlab, to 30 yoshgacha boʻlgan davrida, uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishi uchun koʻmak beradigan, yaxlit va uzluksiz taʼlim tizimi yaratiladi. Yangi Oʻzbekistonni bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etish asosiy maqsadimiz.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Boshligʻi                                                          Sh.I.Suleymanov