Янгиликлар
Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qo‘yilishi
Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qo‘yilishi
Davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat o‘zi tuzgan yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Ushbu moddaning qoidalari davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.
Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.
Fuqarolik huquqlari obyektlarining muomalada bo‘lishi
Fuqarolik huquqlarining obyektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo‘lishi cheklab qo‘yilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.
Muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan obyektlar) qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan yoki muomalada bo‘lishiga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan fuqarolik huquqlari obyektlarining (muomalada bo‘lishi cheklangan obyektlarning) turlari qonunda ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi.
Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i I.Noyobov