Янгиликлар
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “qo‘shimcha mas’uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ushbu Kodeksning mas’uliyati cheklangan jamiyat haqidagi qoidalari, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatga nisbatan qo‘llaniladi.
Aksiyadorlik jamiyati
Ustav fondi muayyan aksiyalar soniga bo‘lingan jamiyat aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi; aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Aksiyalar haqini batamom to‘lamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Aksiyadorlik jamiyatining firma nomida jamiyatning nomi hamda bu jamiyat aksiyadorlik jamiyati ekanligi o‘z ifodasini topishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy mavqeyi hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i I.Noyobov