Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari


Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari

Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.

Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar.

Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.

Bitimlarni notarial tasdiqlash

Bitimni notarial tasdiqlash Fuqarolik Kodeksning 107-moddasi talablariga mos keladigan hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlovchi ustxat yozib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash shart:

1) qonunda ko‘rsatilgan hollarda;

2) taraflardan birining talabi bo‘yicha.

Bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

Ko‘chmas mol-mulk xususida tuzilgan bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tegishli reyestrlarni yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

Qonunchilikda muayyan turdagi ko‘char mol-mulk xususida tuziladigan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilab qo‘yilishi mumkin.

 

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov