Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ipoteka kreditlari boʻyicha 30 ming nafar shaxsga subsidiyalar ajratiladi


Ipoteka kreditlari boʻyicha 30 ming nafar shaxsga subsidiyalar ajratiladi

 

Ipoteka krediti — bu, sodda qilib aytganda, uy-joy xarid qilish uchun muayyan garov yaʼni koʻchmas mulk evaziga bank tomonidan beriladigan qarz.

Ipoteka krediti mablagʻi evaziga siz uy-joy xarid qilishingiz mumkin, toʻlovni esa belgilangan muddat davomida qismlarga boʻlib toʻlab borasiz. Ipoteka kreditini muayyan foiz evaziga bank taqdim etadi. Boshlangʻich toʻlovni kiritgandan soʻng ipoteka krediti yordamida xonadon uchun qolgan toʻlovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Subsidiya — ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisob varaqqa oʻtkazilgan qaytarib berilmaydigan mablagʻ.

Ariza beruvchi — ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.

Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy va barqaror tizimini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlash, mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish maqsadida joriy yilning 13-aprel kunida Prezidentimizning “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga koʻra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan banklarga rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning toʻlov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, banklarga qarz oluvchi tomonidan toʻlangan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi beriladi va professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi.

Bundan tashqari, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilandi.

Ushbu farmonga binoan, 2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinishi va iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotiga asosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy taʼminotdan toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish huquqi berilishi yuzasidan oʻzgartirishlar kiritildi.

Shuningdek, farmonga koʻra, 2023-yilda, kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun respublika boʻyicha jami 44 690 ta ipoteka kreditlari ajratilib, mazkur kreditlarning kamida 30 foizi xotin-qizlarga ajratilishi va ipoteka kreditlari boʻyicha 30 ming nafar shaxsga subsidiyalar ajratilishi belgilandi.

Subsidiya olish uchun arizani Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali elektron tarzda berish mumkin.

Subsidiya bir oilaga faqqat bir marta beriladi.

 

 

Quyichirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                   N. Anarqulova