Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xorijda ishlamoqchi boʻlgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash


Xorijda ishlamoqchi boʻlgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash

 

Oilani kam taminlangan deb etirof etish va ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordamni tayinlash shartlariga koʻra, oilaning har bir aʼzosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadga ega boʻlgan oila kam taʼminlangan oila deb topiladi.

Kam taminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida NIZOM qabul qilingan boʻlib, mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan kam taminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa,bola ikki yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam taminlangan oilalarga moddiy yordam,hamda un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pullik kompensatsiyani tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.

Xorijda ishlamoqchi boʻlgan shaxslarni talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, fuqarolarning chet elda boʻlish davrida huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash, shuningdek, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentyabrida qabul qilingan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan, 2021-yil 1-yanvaridan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oila aʼzosi sifatida eʼtirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinib, kam taʼminlangan oila aʼzolariga vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda yoʻl haqini toʻlash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish bilan bogʻliq harajaatlarni qoplash uchun 10 million soʻmgacha bir yil muddatga mikroqarz beriladi.

Mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi kompensatsiya qilinadi.

         Shuningdek, 2022-yil 1-mart kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022-yil 1-maydan boshlab Federatsiya mablagʻlari hisobidan har yili mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan boquvchisi xorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish, mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila aʼzolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma berish, mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatda boʻlgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berishi belgilangan.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti.                                                              N. Anarqulova