Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

“Elektron retsept” tizimi joriy etiladi


“Elektron retsept” tizimi joriy etiladi

 

Oʻzbekiston aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha raqamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda uning maʼmuriy jarayonlarini tartibga solish uchun raqamli maʼlumotlarni qayta ishlash uchun milliy sogʻliqni saqlash platformasini joriy etish, tibbiy xodimlar uchun axborot texnologiyalaridan taʼlim berish va bemorlarning elektron yozuvlari kabi diagnostika va davolashni tezlashtiradigan hamda butun maʼlumotlar bazasini raqamlashtirish, shuningdek, tibbiy asboblarga texnik xizmat koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida joriy yilning 1-may kunida Prezidentimiz tomonidan “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, Oʻzbekiston va Germaniyaning “KfW” banki oʻrtasida “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga 45 million yevro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 million yevro miqdorida grant bitimi imzolandi.

        Mazkur qarorga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanib, qarz mablagʻlarini qaytarish respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

         Shuningdek, qarorga muvofiq, ushbu mablagʻlar loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish uchun Raqamli sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisi tashkil etiladi.

         Jumladan, qarorga binoan, loyiha doirasida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha litsenziyalar uchun toʻlovlar ularni joriy etish xarajatlari tarkibiga kiritiladi hamda ular axborot tizimi amaliyotga toʻliq joriy etilgandan soʻng kamida 5 yil mobaynida amal qiladi.

         Bundan tashqari, qarorga asosan, loyihani amalga oshirish jarayonida iqtisod qilingan mablagʻlar ustuvor ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini raqamlashtirish hamda kompyuter texnikasi vositalarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

         Ushbu qaror bilan 2023–2025-yillarda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha, “Elektron retsept” ( reimbursiya) tizimini joriy etish, sanatoriylarga yoʻllanmalar olish, navbatni kuzatish va mavjud boʻsh oʻrinlarini koʻrish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish, Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron roʻyxatini yuritishga moʻljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etish va Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish hamda Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish     chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                    N. Anarqulova.