Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida


“Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra 1-apreldan 1 yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln soʻmgacha) qismi qoplab beriladi.

Daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi. Yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

                                                                                             Furqat Yuldashev,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

bosh maslahatchi