Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Mediatsiya nima?


Mediatsiya nima?

Mediatsiya - konfliktni mediator (betaraf uchinchi shaxs) ishtirokida bartaraf etish jarayoni. Mediator nizolashayotgan taraflarning manfaatlarini aniqlashga, ularning manfaatlarini cheklamagan holda, har ikki taraf uchun maʼqul bo‘lgan va ularni qanoatlantiradigan yechimni topishga yordam beradi.

Mediatsiya bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to’g’risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Unga ko’ra: Mediatsiya ishtirokchilari bo‘lib jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Taraflar mediatsiyada shaxsan yoki o‘z vakili orqali ishtirok etish huquqiga egalar. Mediatsiya ikki va undan ortiq taraflar o‘rtasida bo‘lishi va bir yoki bir nechta mediator tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Mediatsiya jarayoni ishtirokchilari bo‘lib nizolashuvchi taraflar va mediator hisoblanadi. Mediatorga taraflardan biri murojaat etgan taqdirda, mediator uning iltimosiga ko‘ra ikkinchi tarafga nizoni mediatsiya orqali hal qilish taklifini yetkazishi mumkin. Bu holda mediator murojaat etgan tarafdan ikkinchi taraf bilan bog‘lanish uchun maʼlumotlarni olishi kerak.

Mediator ikkinchi taraf bilan bevosita uchrashib yoki telefon orqali gaplashib olsa ham bo‘ladi. Mediatsiya jarayonini o‘tkazish haqidagi xabarni ikkinchi tarafga yetkazish uchun mediator jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Chunki bunday maʼlumotdan bexabar taraf bu taklifga qanday munosabat bildirishi nomaʼlum.

Shuning uchun mediatorning nutqi juda taʼsirchan va ishonarli bo‘lishi, tegishli dalillarni keltirishi hamda mediatsiya orqali nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish va kelishuvga erishish mumkinligi to‘g‘risida tarafda qiziqish uyg‘otishi kerak. Taraflar mediatsiya jarayonini o‘tkazishga rozi bo‘lganidan so‘nggina, u bilan uchrashib nizoga doir barcha maʼlumotlarni olish zarur. Nizo predmeti har tomonlama to‘liq o‘rganilmagunga qadar mediatsiya jarayonini boshlash mumkin emas. Mediatsiya tartib-taomili – taraflar belgilagan joyda, mediatorning xonasida yoki boshqa joyda ham o‘tkazilishi mumkin.

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti                                                      Sobir Avlaqulov