Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Tashkilotda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi boʻlmasa unda nima qilish kerak?


         Tashkilotda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi boʻlmasa unda nima qilish kerak?

         Yangi tahrirdagi va hozirda kuchga kirgan Mehnat kodeksining
15-moddasida ayni mana shu savolga ham javob berilgan.

         Demak, eʼtibor bering, Mehnat kodeksi 15-moddasi 5-qismida shunday deyilgan:

            ➖tashkilotda kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashkil etilmagan hollarda ish beruvchi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib olinishi kerak boʻlgan masalalarni hal qilish niyati toʻgʻrisida mehnat jamoasini yozma shaklda xabardor qilishi shart.

            ➖agar axborot olingan kundan eʼtiboran 2 hafta ichida mehnat jamoasining boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotini yoki xodimlarning boshqa vakillik organini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadigan umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) oʻtkazilmasa, ish beruvchi tegishli masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga haqlidir.

         Demak, ishxonada kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi boʻlmasa, ish beruvchi ular bilan kelishishi shart boʻlgan masalalar hal qilish uchun, avval mehnat jamoasi (yaʼni korxonadagi xodimlar)ga yozma xabar berishi kerak.

         Agar korxona mehnat jamoasi (yaʼni xodimlar) 2 xafta ichida kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki boshqa vakillik organini tashkil etish yuzasidan umumiy yigʻilish oʻtkazmasa, ish beruvchi masalani oʻzi mustaqil hal qilishi mumkin boʻladi.

 

 

         Chirchiq shahar adliya boʻlimi

         Boshligʻi 1- darajali yurist                                  X.K.Saypiyev