Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

OGOHLANTIRISH OLGAN XODIMLAR BU MUDDAT ICHIDA MUKOFOT PULLARINI OLISHGA HAQLIMI?


         OGOHLANTIRISH OLGAN XODIMLAR BU MUDDAT ICHIDA MUKOFOT PULLARINI OLISHGA HAQLIMI?

 

         Xodimlarga mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ogohlantirish berilishi ularni biror-bir mehnat imtiyozlari va kafolatlaridan mahrum qilishga asos boʻlmaydi.

         Ogohlantirish muddati tugab, toki mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar xodimning mehnat munosabatlari avval qanday boʻlgan boʻlsa, birdek davom etadi. Aksincha, qoʻshimcha yengilliklar berilishi mumkin.

         Biror-bir mehnat qonunchilik hujjatlarida ogohlantirish muddati davomida xodimlarni mehnat imtiyozlaridan mahrum qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish haqida normalar koʻrsatilmagan.

         Qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilmaganmi, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat kelishuvlarida ham ulardagidan koʻra ogʻirlashtiruvchi qoidalarni koʻrsatish mumkin emas (amaldagi MK 4, 5-moddalari, yangi MKning 8-moddasi).

         Shunday ekan, xodimlar ogohlantirish muddati davomida boshqa xodimlar bilan birdek mukofot pullarini olishga va boshqa mehnat imtiyozlaridan foydalanishga haqli.

 

 

 

         Chirchiq shahar adliya boʻlimi

         bosh maslahatchisi                                                                S.Uskanov